18:50 / 15.08.2017
9126

Qoraqalpog‘istonda “iPhone” telefonini o‘g‘rilagan onaxon qo‘lga olindi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanida o‘tkazilayotgan “Tozalash-Antiterror” tadbiri davomida Qo‘ng‘irot tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan “iPhone” telefonini o‘g‘rilagan onaxon qo‘lga olindi.

Bu haqda Kun.uz’ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.

2017 yil 14 avgust kuni Qo‘ng‘irot tumani «Ornek» OFYda yashovchi, ishsiz, 1993 yilda tug‘ilgan X.N.ning Qo‘ng‘irot tumani Qoraqalpog‘iston ko‘chasida joylashgan «Fakel» restoranida «iPhone» markali telefoni Qo‘ng‘irot tumani N.Tajimuratov ko‘chasida yashovchi nafaqadagi 1958 yilda tug‘ilgan X.M. tomonidan o‘g‘irlaganligi aniqlanib, ushlandi.

Qo‘ng‘irot tuman IIB tomonidan fuqaro X.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismi bilan  jinoyat ishi ko‘zg‘atildi.

Top