15:30 / 15.08.2017
8116

Qrim hukumati: Ukraina maxsus xizmatlari yarimorolda fitna harakatlarini rejalashtirmoqda

Ukraina maxsus xizmatlari Qrimda qator fitna harakatlarini amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Qrim hukumatining millatlararo munosabatlar ishlari bo‘yicha davlat qo‘mitasi rahbari Zaur Smirnov ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».

Uning so‘zlariga ko‘ra, ijrochilar sifatida Rossiyada taqiqlangan ekstremistik hamda diniy oqimlar tarafdorlaridan foydalanilishi mumkin.

«Bizning ishonchli manbalardan olingan ma'lumotlarga ko‘ra, Ukraina maxsus xizmatlari yarim orolda Rossiyada faoliyati taqiqlangan tashkilotlar orqali qator fitna harakatlarini tayyorlamoqda», - degan Smirnov.

Uning ta'kidlashicha, Ukraina maxsus xizmatlari qrimliklar orasida norozilik kayfiyatini uyg‘otish va ularni piketlarga chiqishga undash istagida. Smirnov yarimorol aholisini bunday fitnalarga e'tibor bermaslikka chaqirdi.

Avvalroq Ukraina Rossiyaning Donbass va Qrimdagi jinoyatlarini tasdiqlovchi hujjatlarni BMT sudiga yuborgani xabar berilgandi.

Top