18:47 / 15.08.2017
4967

Serra-Leoneda yuz bergan ko‘chkilar oqibatida 350 dan ortiq inson halok bo‘ldi

Foto: Reuters

Serra-Leone poytaxti Fritaun shahrida yuz bergan ko‘chkilar tufayli qurbon bo‘lganlar soni 350 kishidan ortib ketdi. Bu haqda The Sierra Leone Telegraph mahalliy gazetasi yozmoqda.

Avvalroq 312 inson halok bo‘lgani xabar berilgandi.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, shahardagi o‘likxonaga 350 dan ortiq jasad olib kelingan, ulardan 100 ga yaqini bolalardir.

Ko‘chkilar natijasida 1000 dan uylarda yashovchi kishilar to‘silib qolgan.

Serra-Leone hukumati tomonidan tezkor shtab tashkil etilgan bo‘lib, yetkazilgan zararni baholash bo‘yicha komissiya ham tuzildi. Jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish va tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish ishlarida favqulodda vaziyatlar bo‘yicha xizmat, Qizil Xoch, politsiya hamda qurolli kuchlar bo‘linmalari ishtirok etmoqda. Mahalliy aholini xavfli tumanlardan evakuatsiya qilish bo‘yicha choralar amalga oshirilmoqda.

Top