22:58 / 15.08.2017
7404

Turkiya Qatarga oziq-ovqat ortilgan ikkinchi kema yubormoqda

Foto:aa.com.tr

Turkiya g‘arbidagi Izmir viloyatining Aliaga portida Qatarga yuborish uchun ikkinchi kema oziq-ovqat to‘ldirila boshlandi.

Bir qator arab davlatlari Dohaga nisbatan cheklov kiritishgandan so‘ng Anqara Qatar hukumatining oziq-ovqat yetishmovchiligi xavfini bartaraf etish borasidagi sa'y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun qaror qabul qildi. 

Turkiya hukumatining rejalariga ko‘ra, Qatar qirg‘oqlariga bir oyda ikki marotaba oziq-ovqat ortilgan kema yuborilishi rejalashtirilgan.

9,5 tonna oziq-ovqat ortilgan kema 16 avgust kuni joyidan chiqib ketdi va taxminan 26 avgustda Dohaga yetib boradi.

Top