10:34 / 16.08.2017
29949

Foto: AQShda odam savdosi bilan shug‘ullangan o‘zbekistonliklar qidirilmoqda

AQSh bojxona va immigratsiya nazorati xizmati (ICE) o‘zbekistonlik uch nafar muhojirni qidiruvga berdi, ular odam savdosi va firibgarlikda ayblanmoqda. Bu haqda Forumdaily.com xabar bergan.

Ular orasida 32 yoshli Rustamjon Shukurov, 35 yoshli Sanjar A'zamov va 30 yoshli Nodir Yunusov bor, deyiladi mahkama saytida.

2005 yilning iyunida ICE va AQSh ichki xavfsizlik Departamenti O‘zbekistonning bir necha fuqarolari va noqonuniy muhojirlarni majburiy ishga joylashtirish bilan shug‘ullangan Giant Labor Solutions kompaniyasiga nisbatan surishtiruv ishlarini boshlagan. 

AQSh maxsus xizmatlari va huquqni muhofaza qiluvchi idoralari 4 yil davomida GLS faoliyatini kuzatib borgan.

Natijada 2009 yilning mayida kompaniyaga mehnatga majburlash va xorijliklar bilan mehnat shartnomalarida firibgarlik qilish bo‘yicha ayblov e'lon qilindi.

O‘shanda tashkilotning ko‘plab a'zolari qo‘lga olindi, odamfurushlarning 40 dan ortiq qurbonlari Kanzas-Siti va Sent-Luis, Missurida qutqarildi. Biroq, GLS’ning ba'zi a'zolari qochishning uddasidan chiqishdi, ular orasida Sanjar A'zamov, Nodir Yunusov va Rustamjon Shukurov ham bo‘lgan.

2010 yilning yanvarida sud GLS a'zolariga nisbatan majburiy mehnatga aloqador 59 band va xorijliklar bilan mehnat shartnomalaridagi firibgarlikning 20 holati bo‘yicha ayblov qarorini chiqardi. 

Mavzuga oid
Top