16:20 / 16.08.2017
40265

Dunyodagi eng kuchli elektrostansiyalar

Yaqin vaqtlargacha ko‘plab davlatlar atom energetikasiga elektr quvvatini uzilishlarsiz yetkazib berishning yagona varianti sifatida qaragandi. Biroq, hozirgi paytda gidroelektrostansiyalarning rivoji ancha samarali usul sanaladi – o‘tgan yilda gidroenergetika jahondagi qayta tiklanuvchi elektr quvvatining 63 foizi va umuman barcha elektr energiyasining 17 foizi bilan ta'minlab berdi. Bu sohada Xitoy, Kanada va Braziliya yetakchilikni ushlab turibdi. Aftidan, yaqin o‘n yil ichida boshqa mamlakatlar ham qayta tiklanuvchi energiya salohiyatiga ko‘proq e'tibor qaratishni boshlaydi. Agarda muvaffaqiyatga erishiladigan bo‘lsa, insoniyatni toza va qariyb bepul elektr quvvati davri kutmoqda.

Palo-Verde AESi

Quvvati: 4 200 MVt
Amerikaning eng katta atom stansiyasi bir necha shaharlar va 4 mln kishini elektr quvvati bilan ta'minlaydi. Shunisi qiziqki, AES sahroda joylashgan va loyihachilar energobloklarni yaqin oradagi munitsipalitetlarning oqova suvlari yordamida sovutishga majbur bo‘lishdi.

Surgut GRES-2

Quvvati: 5 680 MVt
GRES neft gazi va tabiiy gazda ishlaydi. U dunyoda quvvat bo‘yicha ikkinchi IES va Rossiyadagi elektr quvvatini ishlab chiqarish bo‘yicha eng yirigi sanaladi.

Xanbit AESi

Quvvati: 5 875 MVt
Ayni damda stansiya dunyoda kattaligi bo‘yicha beshinchi AES hisoblanadi. Umuman olganda, AES avval Yongvan deb atalgan. Biroq, 2011 yilda baliqchilar mamlakat hukumatiga petitsiya bilan chiqishdi – ular o‘z mahsuloti “xavfli” atom energetikasi bilan birgalikda qabul qilinishini istashmadi.

Xanul AESi

Quvvati: 5 900 MVt
Ayni damda Xanulning quvvati Koreyaning boshqa AESi – Xanbit quvvati bilan barobar. Biroq, koreyalik muhandislar Xanulni yaqin uch yil ichida yanada “kuchliroq” qilish niyatidalar hamda o‘shanda u 8 700 MVt.ni ishlab chiqara boshlaydi

Bryus AESi

Quvvati: 6 232 MVt
Shimoliy Amerikadagi eng yirik AESning qurilishi 1987 yilda tugagandi. Bryus AESi Guron ko‘li qirg‘og‘ida joylashgan bo‘lib, mahalliy fuqarolar bunday qo‘shnichilikka jiddiy e'tiroz bildirmaydi.

Syantszyaba GESi

Quvvati: 6 448 MVt
Bu yirik to‘g‘onli gidroelektrostansiya Yantszining yuqori oqimida joylashgan. GES to‘g‘onning qurilayotgan pog‘onali sharsharasining bir qismi hisoblanadi – Xitoy loyiha yakunida juda kuchli stansiyalar zanjirini qo‘lga kiritadi, ular mamlakatga talab etiluvchi barcha quvvatni ishlab chiqarishi mumkin.

Guri GESi

Quvvati: 10 235 MVt
Venesueladagi elektr quvvatining 65 foizi aynan shu GESdan yetkazib beriladi. Xavfli tomoni shundaki, stansiyadagi nosozlik qariyb butun davlatni quvvatsiz qoldirishi mumkin – 2013 yilda aynan shunday holat yuz bergan. O‘shanda kuchli yong‘in barcha uchta yuqori voltli liniyaga zarar yetkazgan.

Top