09:36 / 16.08.2017
27027

Sayyoramizning yashash uchun eng yaxshi shahri ma'lum qilindi

Foto: Getty Images

Avstraliyaning Melburn shahri qatorasiga 7-marotaba dunyoning yashash uchun eng yaxshi shaharlari ro‘yxatiga boshchilik qilmoqda. Bu haqda Economist Intelligence Unit tomondan tuziladigan har yillik reytingga iqtibos qeltirgan holda CNN telekanali xabar bermoqda. Ushbu shahar mumkin bo‘lgan 100 balldan 97,5 ball to‘plagan.

Tadqiqotchilar hammasi bo‘lib 140 ta shaharni o‘rganib chiqishgan. Ular bu shaharlarda yashashning qulayligini bir qator ko‘rsatkichlar: xavfsizlik, sog‘liqni saqlash, madaniyat, atrof-muhitni himoya qilish, ta'lim va infratuzilma bo‘yicha baholashgan.

Joriy yildagi reytingning 2-pog‘onasini Avstriyaning Vena shahri (97,4 ball), 3-pog‘onani esa Kanadaning Vankuver shahri (97,3 ball) egallagan. Ta'kidlash joizki, bu shaharlar o‘tgan yil ham shunday o‘rinlarni egallashgandi.

Shuningdek, yetakchi o‘ntalikdan Kanada va Avstraliyaning yana ikkitadan shahri – mos ravishda, Toronto va Kalgari hamda Adelaida i Petra, Oklend (Yangi Zelandiya), Xelsinki (Finlyandiya) va Gamburg (Germaniya) o‘rin olgan.

Mavzuga oid
Top