22:28 / 16.08.2017
14122

Videoreportaj: Qo‘qon-Andijon yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan poyezd avtomobillardan ilgari manziliga yetmoqda

Joriy yilning 8 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning maxsus topshirig‘iga binoan Qo‘qon-Andijon yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanadigan elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Aytish mumkinki, bu islohot aholiga transport xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish maqsadida amalga oshirildi. 

Ushbu elektropoyezd yettita vagondan iborat bo‘lib, barchasi konditsionerlar bilan jihozlangan. Bundan tashqari, har bir vagonning o‘z kuzatuvchisi bor. Kun.uz ushbu elektropoyezdning birinchi qatnovi yo‘lga qo‘yilishi tadbirida ishtirok etdi.

- Bugun Qo‘qonda katta bayram. Chunki Qo‘qon-Andijon yo‘nalishi bo‘ylab yangi, zamonaviy poyezd yo‘lga qo‘yildi. Har bir yo‘lovchiga yaxshi xizmat ko‘rsatiladi, chiptalari ham uncha qimmat emas. Bu elektropoyezd soatiga 120 km. tezlikda harakatlanadi. Manzilga 1,5-2 soatga yetib boradi. Yo‘lda sakkizta stansiyada to‘xtaladi, - dedi mashinist Nail Xayruddinov.

Qayd qilinishicha, ushbu elektropoyezd o‘z manziliga yengil avtomobilga nisbatan 40 daqiqa ilgari yetib boradi. Poyezd o‘z yo‘lida Bag‘dod, Oltiariq, Marg‘ilon va Asaka shaharlarida ham to‘xtab o‘tadi.

 

Top