19:33 / 17.08.2017
5326

Dog‘istondagi portlashda ikki kishi halok bo‘ldi

Dog‘istonning Xasavyurt tumanida noma'lum qurilma portladi. Favqulodda xizmatlarning TASSga ma'lum qilishicha, portlash ro‘y bergan joyda ikki kishi halok bo‘lgan, yana ikki kishi jarohat olgan. 

Aniqlik kiritilishicha, portlash Novogagatli aholi punktidan bir kilometr narida ro‘y bergan.

"Hozirda voqea sodir bo‘lgan joyda huquq-tartibot organlari ish olib borishmoqda. Voqea sabablari o‘rganilmoqda", - deya ma'lum qilishdi favqulodda xizmatlar xodimlari. 

Top