14:48 / 17.08.2017
7500

KXDR Xitoydan oziq-ovqat mahsulotlari importini bir necha barobarga oshirdi

Xitoydan KXDRga so‘nggi oylarda oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining yetkazib berilishi bir necha barobarga oshdi. Bu haqda Hongkongning South China Morning Post nashri Xitoy bojxonasi ma'lumotlariga asosan xabar bergan.

Ta'kidlanishicha, 2017 yilda Shimoliy Koreyaga makkajo‘xori eksporti hajmi 2016 yil bilan taqqoslaganda 32 barobarga oshgan, shuningdek, un, banan va shokoladning yetkazib berilishi ham ortgan.

Ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, import hajmining ko‘payib borayotgani Shimoliy Koreyada bozor talabi ortayotganidan darak beradi, biroq bu “Pxenyanning Pekinga qaramligi ham oshganini anglatadi, sababi ushbu davlat boshqa davlatlardan mahsulotlarni erkin xarid qilishi imkonsiz”.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Kim Chen Inni «dono qarorni qabul qilgani» uchun maqtagandi.

Mavzuga oid
Top