16:03 / 17.08.2017
8688

Konte va «Chelsi» rahbariyati o‘rtasidagi tushunmovchilik tafsilotlari ma'lum qilindi

«Chelsi» yangi futbolchilarni transfer qilmayotgani sabablari ma'lum qilindi.

The Times xabariga ko‘ra, londonliklar bosh murabbiyi Antonio Konte yoshlari 26dan 32 yoshgacha bo‘lgan yana bir qancha tajribali futbolchilarni – himoyachilar Aleksa Sandro («Yuventus»), Virgil van Deyk («Sauthempton»), vingerlar Ivan Perishich, Antonio Kandreva (ikkisi ham – «Inter») va hujumchi Fernando Lorente («Suonsi») kabi futbolchilarni tarkibga jalb etmoqchi bo‘lgan.

Ammo «Chelsi» rahbariyati bu futbolchilardan ko‘ra, yosh futbolchilarga e'tibor qaratishni ma'qul ko‘rgan.

Qayd etish kerakki, yozgi transferlar vaqtida londonliklar jamoasi «Monako»dan yarim himoyachi Temue Bakayokoni, «Roma»dan himoyachi Antonio Ryudigerni, «Real» hujumchisi Alvaro Moratani transfer qildi. Shuningdek «Manchester Siti»ning sobiq a'zosi Villi Kabalero erkin agent sifatida safga kelib qo‘shildi.

Top