18:40 / 17.08.2017
34828

Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda

Toshkentda ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida ichki ishlar organlari tizimida olib borilayotgan ishlarning ahvoli, muammolar va kelgusidagi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda O‘zA xabar bergan.

Unda Oliy Majlis palatalari rahbarlari, Bosh vazir va uning o‘rinbosarlari, Prezidentning Davlat maslahatchilari, vazirlik va idoralar rahbarlari, shuningdek, videokonferentsaloqa vositasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, ularning yoshlar va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, jamoat tashkilotlari tarkibiy bo‘linmalari mutasaddilari ishtirok etmoqda. 

Nima uchun jinoyatchilik kamaymayapti? 

Prezidentimiz yig‘ilishni ana shu achchiq savol bilan boshladi. Videoselektor yig‘ilishi tanqidiy ruhda davom etmoqda. 

Top