10:17 / 17.08.2017
6641

Janubiy Koreya prezidenti: Yarim orolda urush bo‘lmaydi

Koreya yarim orolida AQSh tomonidan harbiy kuch qo‘llanilishi bilan bog‘liq tahdidlarga qaramay, boshqa urush bo‘lmaydi. Bu KXDRga bosim o‘tkazish uchun kerak edi, deya ma'lum qildi Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In.

«Men ishonch bilan shuni aytishim mumkinki, Koreya yarim orolida boshqa urush bo‘lmaydi. AQSh va prezident Donald Tramp Janubiy Koreya bilan o‘zlarining harakatlari variantlarini muhokama qilishga tayyor, bu, ushbu variantlar qanday bo‘lishidan qat'i nazar yuz berishi ehtimolga yaqin», - deya Munning so‘zlarini keltiradi «Ryonxap» agentligi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Trampning KXDR bo‘yicha tahdid ohangidagi bayonotlari Shimoliy Koreyaga bo‘lgan bosimni kuchaytirishga yo‘naltirilgandi.

«Mening fikrimcha, prezident Tramp qat'iylik ko‘rsatib, Shimoliy Koreyaga bosim o‘tkazishga harakat qilgan. Bu uning harbiy variantlardan foydalanish bo‘yicha qat'iyligini ko‘rsatdi, deb hisoblamayman», - deya ta'kidlab o‘tdi Janubiy Koreya rahbari.

Avvalroq AQSh Janubiy Koreyada Patriot raketalarga qarshi qurilmalarini joylashtirgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top