11:50 / 18.08.2017
27901

16 avgust kuni Toshkentda yuz bergan yo‘l-transport hodisalari

2017 yilning 16 avgust kuni Toshkent shahri hududida 1 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan. Mazkur yo‘l-transport hodisasida 1 nafar shaxs tan jarohati olgan, vafot etganlar yo‘q. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

2017 yilning 16 avgust kuni YPX inspektorlari tomonidan jami 3408 ta huquqbuzarlik bo‘yicha ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, shulardan, 742 tasini qo‘pol turdagi, 23 tasini mast holda transport vositasini boshqarish tashkil etgan. 

Toshkent shahar IIBB YHXB kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan 2017 yil 16 avgust kuni jami 442 ta huquqbuzarlik qayd etilgan bo‘lib, shulardan 224 tasini svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga bo‘ysunmasdan harakatlanish, 218 tasini belgilangan me'yordan yuqori tezlikda harakatlanish tashkil etadi.

Top