18:05 / 18.08.2017
6142

Samsung 10 mingdan ortiq xavfli akkumulyatorlarni ortga qaytarmoqda

Samsung kompaniyasi Galaxy Note 4 qurilmasining 10 ming portlovchi akkumulyatorini sotuvdan oldi. Bunga ularning qizib ketish va yonish xavfi sabab bo‘ldi. The Verge shu haqida xabar berdi. 

Muammoli telefonlar AT&T sug‘urtalash dasturi bo‘yicha qayta tiklandi. Ehtimoliy sabab sifatida ba'zi qurilmalarning original akkumulyatorlarga ega bo‘lmagani, bu esa ularning qizib kelishiga olib kelgani ko‘rsatildi. 

Yaxshiki, bu modeldagi batareyani olish mumkin, shuning uchun smartfon egalariga shunchaki buzilgan batareyalarni yangilariga almashtirish taklif qilindi. 

Ta'kidlash joizki, Samsung kompaniyasi FedEx'ga ayblov qo‘ydi. Ma'lum bo‘lishicha, Galaxy Note 4 batareyalari Janubiy Koreya firmasi xodimlari tomonidan ishlab chiqarilmagan.

FedEx Supply Chain vakillari Note 4 egalarini gadjyetni o‘chirish va batareyani almashtirishga chaqirishdi. Kompaniya vakilining so‘zlariga ko‘ra, batareyalar bepul ishlab chiqariladi. 

Mavzuga oid
Top