09:47 / 18.08.2017
6448

Joan Rouling: Trampning Sharlotsvill haqidagi so‘zlari Yaqin Sharqni birlashtirdi

Britaniyalik taniqli yozuvchi Joan Roulingning hazil qilishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp Sharlotsvilldagi tartibsizliklar haqidagi bayonotlari bilan Yaqin Sharqda tinchlik o‘rnatishga muvaffaq bo‘lgan.

«Hayratlanarli. U haqiqatdan ham Yaqin Sharqni birlashtirdi», - deya yozgan Rouling Twitter’da.

Shuningdek, u o‘z yozuviga skrinshotni ham ilova qilgan. U yerda esa yangiliklar kanalining xabarida, Isroil hamda Eron Trampning izohlarini qoralashi yozilgan.

Avvalroq Trampning maslahatchisi Sharlotsvilldagi millatchilarni “masxarabozlar” deb atagandi.

Mavzuga oid
Top