12:00 / 19.08.2017
12008

Chipta bahona 9 million so‘mni «uxlatgan» firibgar qo‘lga olindi

Illyustrativ surat Kun.uz

Yashnobod tumanida o‘tkazilayotgan “Tozalash” tadbiri davomida Yashnobod tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan Yashnobod tumanida joylashgan “Aviakassa” oldida samolyotga chipta olib beraman deb 9.000.000 so‘m pulini olib, o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Kun.uz’ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Yashnobod tumanida 2017 yilning mart oyida, Aviasozlar-2 dahasida joylashgan «Aviakassa» oldida, 1987 yilda tug‘ilgan, Chilonota ko‘chasida yashovchi Ya.N., 1977 yilda tug‘ilgan, Uchtepa tumani, Qashqariy ko‘chasida yashovchi B.N.ga Turkiya davlati Istanbul shahriga samolyotga chipta olib berishni va'da qilib, 9.000.000 so‘m pulini olib, o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborganligi aniqlanib, ushlandi.  

Yashnobod tuman IIB tomonidan fuqaro Ya.N.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi, 1-qismi bilan  jinoyat ishi ko‘zg‘atildi.

Top