22:00 / 19.08.2017
5131

Hindistondagi temir yo‘l falokati qurbonlari soni 20 kishiga yetdi

Foto: PTI

Hindiston shimolidagi Uttar-Pradesh shtatida poyezdning temir yo‘l izlaridan chiqishi oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi va 50 dan ko‘proq kishi jarohat oldi. Bu haqda India Today nashri xabar bermoqda. 

Avvalroq 10 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingandi. 

Hindiston temir yo‘l vaziri Suresh Prabxu halok bo‘lganlar oilalariga tovon pullari to‘lanishini aytgan.

Times of India nashri ma'lumotlariga ko‘ra, relslardan Puri-Xaridvar-Kalinga yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan tezkor poyezdning 6 vagoni chiqib ketgan. Ma'lum qilinishicha, falokat mamlakat poytaxti Nyu-Dehlidan shimolga tomon 100 km lar uzoqlikda Muzaffarnaxor okrugida yuz bergan. Voqeaga nima sabab bo‘lgani hozircha ma'lum qilinmagan.

Top