21:35 / 19.08.2017
10606

Oliy liga. Bir derbida durang, boshqasida yirik hisob, «Qizilqum» yetakchilardan birini yengdi

O‘zbekiston chempionatining 18-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar yakuniga yetdi. Bugun bo‘lib o‘tgan yana to‘rt uchrashuv ahamiyatga molik natijalar qayd etildi.

Qashqadaryo derbisida «Mash'al» «Sho‘rtan» darvozasiga javobsiz to‘rtta gol kiritgan bo‘lsa, «Qizilqum» «Qo‘qon»dan ustun keldi. Farg‘onada kechgan vodiy derbisida esa g‘olib nomi aniqlanmadi. Shuningdek Igor Shkvirin sobiq jamoasi, uning bugungi jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi.

Oliy liga, 18-tur

«Mash'al» – «Sho‘rtan» 4:0 (1:0)
Gollar: Humoyun Murtazoyev (16, 69), Iskandar Shoyqulov (56), Kenja To‘rayev (65, penalti).
«Mash'al»: Javohir Ilyosov, Iskandar Shoyqulov, Sardor Abduraimov, Humoyun Murtazoyev, Shahzod Shaymanov, Abbos Shodmonov, Zohir Qo‘ziboyev (Mirzakamol Kamolov, 46), Kenja To‘rayev (Zafar To‘rayev, 71), Nikita Pavlenko, Avaz Agaliyev, Abdulloh Olimov (Tomoki Muramatsu, 76).
«Sho‘rtan»: Alibek Turopov, Jamol Otaqulov, Olimjon Karimov (Shahzodbek Xursanov, 70), Igor Taran (G‘ulom Rahmonov, 60), Laziz Ubaydullayev, Obid Jo‘raboyev, Eldor Boymatov, Sunattilla Mamadaliyev, Abbos Omonov (Maradona Safarov, 20), Otabek Narzullayev, Ruslan Melziddinov.

«Neftchi» – «Navbahor» 1:1 (1:1)
Gollar: Mo‘ydin Mamazulumov (29) — Ro‘zimboy Ahmedov (39).
«Neftchi»: O‘tkir Yusupov, Doston Tursunov, Kamronbey Kapadze, Mo‘ydin Mamazulumov (Otabek Haydarov, 75), Muzaffar Muzaffarov, Jasur Hasanov, Abdurahmon Abdulhaqov (Mansur Saidov, 63), Abdujamol Isroilov, Murodjon To‘ychiboyev, Ibrohim Rahimov, Alisher Shog‘ulomov (Dilyorbek Ermatov, 64).
«Navbahor»: Asilbek Omonov, G‘iyosjon Komilov, Oybek Qilichev, Dilshod Jabborov, Mirzohid G‘ofurov, A'zam Aliyev, Ro‘zimboy Ahmedov (Doniyor Usmonov, 75), Sardor Azimov (Ilhom Boydedayev, 65), Jahongir Mehmonov, Darko Stanoyevich, Abbos Maxstaliyev (Nemanya Yovanovich, 63).

«Olmaliq» – «So‘g‘diyona» 2:1 (2:0)
Gollar: Vladislav Kasminin (2), Zafar Polvonov (32) — Sanjar Rashidov (51, penalti).
«Olmaliq«: Akbar To‘rayev, Dilshod Jo‘rayev (Igor Yyelich, 58), Shohnazar Norbekov, Lutfulla To‘rayev, Kamoliddin Murzoyev, Shavkat Mullajonov, Islom Inomov, Zafar Polvonov (Viktor Klishin, 84), Rahmatullo Berdimurodov, Sanjar Rixsiboyev (Abduqahhor Xojiakbarov, 72), Vladislav Kasminin.
«So‘g‘diyona«: Muzaffar Abdullayev, Sardor Qulmatov, Sanjar Rashidov, Suhrob Qobilov, Ixtiyor Toshpo‘latov (Shohruh Dostonov, 46), Qahramon Bahodirov (Azamat Isroilov, 82), Otabek Valijonov (Elyor Orifov, 74), Sherzod Jalilov, Sardor Qahhorov, Sardor Eminov, Javlon Guseynov.

«Qizilqum» – «Qo‘qon-1912» 3:1 (3:1)
Gollar: Samandar Shodmonov (35), Otabek Zokirov (38), G‘ayrat Jumayev (41) — Darko Gojkovich (12).
«Qizilqum»: Erkin Jabborov, Shukurali Po‘latov, Erkin Boydullayev, Otabek Zokirov, Fayzulla Qambarov, Artur Gevorkyan, Samandar Shodmonov (Nodirxon Kamolov, 87), G‘ayrat Jumayev, Sherali Jo‘rayev, Ilhom Yunusov, Otabek Isroilov (Maksim Yurku, 69).
«Qo‘qon-1912»: Nikita Ribkin (Aziz Ashurov, 46), Jamshid Hasanov (Xushnud Avilov, 46), Javohir Sidiqov, Doniyor Hasanov, Suhrob Berdiyev (Andrey Sidorov, 72), Aleksandr Merzlyakov, Akmal Xolmurodov, Darko Gojkovich, Quvondiq Ro‘ziyev, Murod Xolmuhammedov, Filip Rayyevats.

Top