16:12 / 20.08.2017
6335

Toshkentda fuqaro 2 kilogrammdan ortiq marixuana bilan ushlandi

2017 yilning 17 avgust kuni taxminan soat 16:00 larda ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Kompleks” tezkor tadbiri davomida, Mirobod tumanida joylashgan mebellar do‘koni yonida fuqaro Aleksey Fomenko to‘xtatilib, undan keyinchalik o‘tkazish maqsadida saqlab kelayotgan, og‘irligi 2 kilogramm 161,33 gramm bo‘lgan «marixuana» giyohvandlik vositasi aniqlanib olingan.  Bu haqda Toshkent IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 2-qismi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlab, ozginadan ko‘proq miqdorda saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Top