Germaniyaning «Hamburg» klubi yarimhimoyachisi Nikolay Myuller «Augsburg»ga qarshi kechgan Bundesliganing 1-tur uchrashuvida antiqa tarzda jarohat oldi.
«Folksparkshtadion» arenasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv mezbonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Qiziq tomoni, uchrashuvning 8-daqiqasida Myuller raqib darvozasini ishg‘ol qildi va uni nishonlayotib qoqilib tushdi. Natijada futbolchi tizzasidan jiddiy jarohat oldi. Klub shifokorlari bergan ma'lumotlarga ko‘ra, Nikolay Myullerning tiklanib safga qaytishi uchun endi 7 oy muddat talab qilinadi.