10:33 / 21.08.2017
13248

Andijon viloyatida yirik miqdorda o‘g‘irlik qilgan ayol ushlandi

Andijon viloyatida olib borilayotgan “Tozalash-Antiterror” tadbiri davomida Paxtaobod tuman IIB xodimlari yirik miqdorda moddiy boyliklarni o‘margan ayolni qo‘lga oldi. Bu haqda Andijon viloyati IIB matbuot xizmati KUN.UZ’ga ma'lum qildi. 

Tuman IIB 14 avgust kuni soat 7:00-17:00 oralig‘ida noma'lum shaxslar Toshqo‘rg‘on MFY Nushkan ko‘chasida yashovchi K.F.ning yashash uyiga ochiq qolgan darvozasi orqali kirib, yotoqxonasidagi shkaf tortmasidan yirik miqdorda moddiy boyliklarni o‘g‘ilab ketishgan. Olib borilgan tezkor-tergov amaliyotlari natijasida jami 3 100 AQSh dollari, 2000 Rossiya rubli, har birining narxi ming dollarlik 2 dona tilla zanjir, 3 dona tilla uzuk va 3 juft tilla sirg‘ani o‘g‘irlab ketgan shaxs ushlandi. 

U, Tinchlik MFY Yangi chek ko‘chasida yashovchi K.M. bo‘lib chiqdi va undan daliliy ashyo sifatida 2.600 AQSh dollari, 1.000 Rossiya rubli va 80.000 so‘m pullar olingan. 

Tergovga qadar tekshiruvni tuman IIB olib bormoqda.

Top