21:14 / 21.08.2017
23640

Fotoreportaj: Bo‘ka va Bekobod manzaralari - KUN.UZ murojaatlar asosida navbatdagi ijodiy safarda bo‘ldi

KUN.UZ tahririyatining ijodiy jamoasi 19-20 avgust kunlari Toshkent viloyatining Bo‘ka va Bekobod tumanlarida bo‘ldi. Ushbu safar davomida aholi tomonidan tahririyatimizga yo‘llangan murojaatlar, jumladan, kommunal soha, yo‘llar ta'miri,bo‘sh ish o‘rinlari va shu kabi masalalar o‘rganildi.

Aytish mumkinki, safar davomida mazkur tumanlarda istiqomat qiluvchi aholi bilan suhbat qurildi, samimiy va mehnatkash bu odamlarning dardi tinglandi, quvonchlari baham ko‘rildi. Qolaversa, mazkur tumanlarning tabiati ham o‘z manzarasi bilan bizni o‘ziga bog‘lab oldi.

Yaqin kunlarda Bo‘ka va Bekobod tumanlariga qilingan mazkur safar reportajlari taqdim etiladi.

Top