19:50 / 21.08.2017
8487

Foto: Useyn Bolt restoranlar tarmog‘ini ochmoqda

Professional faoliyatiga yakun yasagan yamaykalik sprinter, Olimpiya o‘yinlarining sakkiz karra chempioni, dunyoning eng chopqir insoni maqomiga sazovor bo‘lgan Useyn Bolt endi restoranlar biznesi bilan shug‘ullanmoqchi. Sobiq sportchi Buyuk Britaniyada Yamayka oshxonalari tarmog‘ini ochmoqchi.

Daily Mail ma'lumotiga ko‘ra, Bolt hamkorlaridan biri hisoblanadigan Yamaykadagi franchayzing kompaniyasi (Franjam) Buyuk Britaniyada 5 yil ichida 15 restoran ochishni rejalashtirgan.

«Men Yamayka taomlari ta'mini boshqalar bilan bo‘lishishdan mamnun bo‘laman. Bu ta'mni men bilaman va xush ko‘raman, endi dunyoning boshqa nuqtalarida, Buyuk Britaniyada shunday restoranlar ochilishidan xursandman», degan Bolt.

Hozircha u Tumanli Albion aholisiga aynan qanday taomlar taklif etayotgani ma'lum emas. Ammo menyuda sportchi tomonidan ishlab chiqilgan retsept bo‘yicha tayyorlangan burgerlar bo‘ladi. Hozircha instagramda taomlardan biri surati joylashtirilgan.

Mavzuga oid
Top