Qirg‘iz respublikasida Rixter shkalasi bo‘yicha 5 ballik yerosti silkinishi qayd etildi. Bu haqda Qozog‘iston ta'lim va fan vazirligining seysmologiya tajriba-uslubiy ekspeditsiyasi xabar qilmoqda.
Ta'kidlanishicha, zilzila yarim tunda soat Toshkent vaqti bilan 00:51 da ro‘y bergan.
Yer silkinishi markazi Olmaota janubi-g‘arbidan 371 km janubi-g‘arbda joylashgan.
Jabrlanganlar va vayronalar haqida ma'lumotlar yo‘q.