15:42 / 21.08.2017
5841

Marselda avtomobil haydovchisi avtobus bekatlariga hujum uyushtirdi

Foto: Reuters

Fransiyaning Marsel shahrida avtomobil ikki avtobus bekatiga borib urildi, natijada kamida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqida BFMTV telekanali xabar berdi. 

Reuters agentligi xabariga ko‘ra esa, yana bir kishi jarohat olgan. 

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, voqea natijasida bir kishi qo‘lga olindi. Politsiya aholini voqea ro‘y bergan joy, xususan, Eski portni chetlab o‘tishga chaqirdi. 

Shuningdek ta'kidlanishicha, qo‘lga olingan shaxs bundan avval ham politsiyaning e'tiboriga tushgan bo‘lgan, biroq razvedka uni kuzatmagan. 

Mavzuga oid
Top