09:01 / 21.08.2017
6816
Olimlar ko‘zi ojizlarga Quyosh tutilishini his qilish imkoniyatini berdilar
Illyustrativ foto

Olimlar ko‘zi ojizlarga 21 avgustda sodir bo‘ladigan to‘liq quyosh tutilishini his qilish imkoniyatini beradilar. Mutaxassislar bu rejani amalga oshirish uchun noyob qurilma ixtiro qildilar. 

Amerikalik olimlar afrikalik hamkasblari bilan ko‘zi ojizlikdan aziyat chekuvchilar uchun o‘ziga xos qurilma yaratishdi. Bu qurilma yordamida ko‘zi ojizlar quyosh tutilishini eshitishlari va bundan zavq olishlari mumkin bo‘ladi. Yangi qurilma yorug‘lik darajasi differensiatsiyasiga bog‘liq holda tovush chastotasi kuchayishi negizida ishlaydi. Ko‘zi ojizlar bu qurilmadan foydalanib, quyosh tutilishi jarayonini eshita olishadi.

Quyosh gardishi yopilgani sari qurilma karnayidagi tovush borgan sari pasayib, ochilgan sari esa ko‘tarilib boradi. 

21 avgustda AQSh hududi uzra to‘liq quyosh tutilishi bo‘lib o‘tadi. U shunchalik yaqqol bo‘ladiki, uni hech qanday maxsus qurilmalarsiz kuzatish mumkin bo‘ladi. 

Top