08:17 / 21.08.2017
58847

«Qorako'l Ziyo-Nur» o‘quv markazi o‘quvchilarining 92,6 % talabalar safiga qabul qilindi

Shu yilning 12-23 iyul kunlar Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan 58-Xalqaro matematika olimpiadasida jahonning ko‘plab davlatlari qatori, «QORAKO‘L ZIYo-NUR» o‘quvchilaridan biri Abdumalik Abduqayumov ham ishtirok etib kumush medal sovrindori bo‘lgan bo‘lsa, shu yilning 12-18 yanvar kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida bo‘lib o‘tgan matematika fani bo‘yicha Xalqaro Jaultikov olimpiadasida 18 mamlakatdan 182 nafar ishtirokchi orasida kumush medal sovrindori ham bo‘lgan edi.


Eslatib o‘tish joizki, bu kunga qadar «QORAKO‘L ZIYo-NUR» o‘quv markazining iqtidorli talabalaridan biri o‘tgan yili Tailand davlatida bo‘lib o‘tgan 56-Jahon olimpiadasida bronza medalini qo‘lga kiritib, davlatimiz bayrog‘ini yuqori ko‘targan edi.   

Bugungi kun yoshlarini bilim saviyasini oshirish va mustahkamlashda bir qancha nodavlat o‘quv markazlari o‘z hissasini qo‘shishda jonbozlik ko‘rsatib, yurtimiz yoshlarini nafaqat mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlari, balki jahon bilim sahnasiga olib chiqishda o‘zining beqiyos hissasini qo‘shib kelayotgan «QORAKO‘L ZIYo-NUR» o‘quv markazi qisqa muddat mobaynida yuksak marralarni zabt etmoqda. 

Fikrimizning isboti o‘laroq raqamlarga yuzlanadigan bo‘lsak ushbu o‘quv yilini tugatgan abituriyentlarning 92,6 foiz mamlakatimizning nufuzli oliy dargohlarining talabalari degan sharafli nomga muyassar bo‘lgan bo‘lsalar, bulardan 24 foiz davlat granlari asosida o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Xususan, Respublikamizdagi xorijiy INHA universiteti, Vestminster universiteti, Singapur Menejmentni Rivojlantirish Universiteti, Turin Politexnika Universiteti, I.M.Gubkin nomidagi neft va gaz Universitetiga, shuningdek, mahalliy JIDU (Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universiteti), TDIU (Toshkent Davlat Iqtisodiyot  Universiteti), TMI (Toshkent Moliya Instituti), O‘zMU (O‘zbekiston Milliy Universiteti), TATU (Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti), TDTU (Toshkent Davlat Texnika Universiteti), TAQI (Toshkent Arxitektura Qurilish Instituti), Soliq Akademiyasi va boshqa nufuzli oliygohlar talabalari bo‘lishgan. 

Batafsil ma'lumot bloktest.uz saytida.

Facebook: @qorakol.ziyonur

Manzil: A.Navoiy ko‘chasi, 44-uy

Tel: +998 95 144-89-44, +998 98 124-44-89, +998 90 902-19-44

«Qorako‘l Ziyo-Nur» NTM – talabalik garovi!

Reklama huquqi asosida.

Mavzuga oid
Top