12:50 / 21.08.2017
23320

«Taxtlar o‘yini» suratga olingan 7ta haqiqiy manzillar surati

Jahon teleekranlarida «Taxtlar o‘yini» serialining yettinchi mavsumi boshlangach, ko‘pchilik katta urush va intiqom onlarini kutmoqda. Har bir epizod paytida o‘zgacha kayfiyat va huzur bag‘ishlovchi serial voqealari turli manzaralarda suratga olingan. Ulardan ko‘pchiligi yashil pavilon maydonlarida tayyorlangan bo‘lsa, yana boshqalari haqiqiy manzillar hisoblanadi. «Taxtlar o‘yini» ishqibozlari uchun quyida sayohat davomida tashrif buyurish mumkin bo‘lgan manzillar ro‘yxatini taqdim etamiz.

1. Xorvatiya, Dubrovnik

Dubrovnik shahri serial epizodlarida eng ko‘p namoyish etilgan, temir taxt va poytaxt shahar sifatida aks ettirilgan. Dubrovnikning eski shahar ko‘chalarida ko‘plab sizga tanish bo‘lgan kadrlar surat olingan.

2. Shotlandiya, Dun qasri

Shimoldagi Vinterfel hukmdorlari, Starklarning merosiy uyi aynan shu qasrda joylashgan. Ilk mavsumlarda ko‘p bora ko‘zga tashlangan qasr devorlari aynan shu bo‘ladi. 

3. Ispaniya, Bask avtonomiyasi

Dayeneriyanlarning uyiga eltib boruvchi yo‘l haqiqatan mavjud va u Ispaniya qirg‘oqlarida joylashgan. Agar Bask avtonomiyasida San Xuan de Gastelugatsega yo‘lingiz tushsa, inson qo‘li bilan yaratilgan, orolchani materikka ulab turuvchi yo‘lakni ko‘rasiz.

4. Ispaniya, Itsurun sohili

Va nihoyat malikaning yettinchi mavsumda Dragonstonga yetib kelganiga guvoh bo‘ldik. Shu lavhalar esa Ispaniyada, ayrim paytlarda Shimoliy Irlandiyada suratga olingan.

5. Islandiya

Shimoliy mudofaa devori haqidagi epizodlar va oq arvohlar yurishi Islandiyada tasvirga olingan. Xverfyadl vulqoni, Mivatn ko‘li suratga olish maydonchalariga aylangandi.

6. Ispaniya, Girona

Bravoosda kadrlar, Oq va qoralar uyi Girona ko‘chalarida yaratilgan. Arianing mohir hashashinga aylanishi va Yuzsiz kishi bilan mashg‘ulotlar qilishi shu yerda suratga olingan.

7. Malta, Gzira

Qirol Joffriy buyrug‘i bilan qatl etilgan Starklar oilasining boshlig‘i, Eddard Starkning aynan shu yerda boshi olingan. Bu hozir Manoel minorasi hisoblanadi.

Mavzuga oid
Top