09:14 / 21.08.2017
5573

Tramp ta'tildan Vashingtonga qaytdi

AQSh prezidenti Donald Tramp “majburiy” ta'tilni o‘tkazishiga to‘g‘ri kelgan Nyu-Jyersi shtatidan Vashingtonga qaytdi. Tramp qaytishi bilan qilgan birinchi ishi navbatdagi marta AQSh OAVni yolg‘on xabarlarni chop etishda ayblash bo‘ldi.

“Vashingtonga og‘ir ish va men qachondir ko‘rgan eng dahshatli va yolg‘on yangiliklarni ko‘rishdan keyin qaytmoqdaman”, deb yozgan Tramp tvitterda.

Tramp 4 avgustda ta'til olib, 17 kunga unga tegishli bo‘lgan golf-kurortga jo‘nagandi. U ta'tilga Oq uyning g‘arbiy kanotida ba'zi ta'mirlash ishlari amalga oshirilgani sababli ketishiga to‘g‘ri kelgan.

Biroq Tramp 14 avgustda ta'tilini vaqtinchalik to‘xtatib, Sharlotsvilldagi tartibsizliklar bo‘yicha maxsus bayonot bilan chiqish uchun Vashingtondagi qarorgohiga qaytgandi. 

Top