09:50 / 21.08.2017
11646

UMS markaziy ofisida «Artel Mobile» sotuvlar ofisi ochildi

15 avgust kuni UMS kompaniyasining Toshkent shahridagi markaziy ofisida «Artel Mobile» yangi sotuvlar ofisining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Natijada, UMS’ning ko‘p sonli abonentlarida Artel mobil qurilmalarini yanada qulay sharoitda va tezkor ravishda xarid qilish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Ta'kidlab o‘tish joizki, UMS va Artel tomonidan shop-in-shop sotuvlarini birgalikda yo‘lga qo‘yish loyihasi aynan shu kunlarda, ya'ni kompaniyalarning qo‘shma aksiyasi bo‘lib o‘tayotgan paytda amalga oshirildi. Aktsiya shartlariga ko‘ra, milliy brenddagi smartfonlarni xarid qilgan abonentlar UMS mobil operatorining qulay bonuslariga ega bo‘lishi mumkin.

Tantanali ochilish marosimida UMS va Artel kompaniyalari vakillari so‘zga chiqib, «Artel Mobile» sotuvlar ofisi uyali aloqa operatorining markaziy binosida ishlashi tajriba sifatida yo‘lga qo‘yilganligini ta'kidlashdi. Ushbu loyiha muvaffaqiyatli sinovdan o‘tsa, keyinchalik UMS’ning butun mamlakat bo‘yicha boshqa ofislariga ham tarqatish rejalashtirilayotgani haqida so‘z bordi.

Tadbirga yig‘ilgan ko‘plab mehmonlar uchun Artel kompaniyasi va aloqa tarixiga oid qiziqarli savol-javoblarni o‘z ichiga olgan viktorina uyushtirildi hamda eng bilimdon ishtirokchilarga sovrin sifatida Artel mobil telefonlari taqdim etildi. Bundan tashqari, tadbirda taniqli ko‘zboylog‘ich Dmitriy Kim chiqish qilib, mehmonlarga kattayu-kichikni hayratlantiruvchi fokuslar ko‘rsatdi.

Qo‘shimcha qilib o‘tish lozimki, «Artel Mobile» ofisi maxsus ko‘rgazma stendini o‘z ichiga olgan va bu yerda turli modellardagi tugmali telefonlar hamda smartfonlar namoyish etiladi. Mijozlar qizitirgan mobil qurilmani stenddan topishlari, uning o‘ziga xos jihatlari bilan tanishib chiqishlari va bundan keyingina uni xarid qilish imkoniyatiga egadirlar. 

Murojaat uchun tel.: +99897 759 77 55

Reklama huquqi asosida.
 

Top