12:30 / 21.08.2017
8368

Video: Yangi XBox One X​’ning​ rasmiy narxi va sotuvga chiqish muddati aniq bo‘ldi

Ayni kunlarda Germaniyaning Kyoln shahrida o‘tkazilayotgan "Gamescom show​" tadbiri davomida Microsoft​ kompaniyasi yangi XBox One X’​ning sotuvga chiqarilishga oid rasmiy ma'lumotlarni taqdim etdi. To‘liq 4K formatda tasvir uzatuvchi yangi o‘yin uskunasi 499 AQSh dollari narxida joriy yil 7 noyabrdan sotuvda paydo bo‘ladi. Ayni paytda geymerlar XBox uchun oldindan buyurtma berish imkoniyatiga ega.

Cheklangan miqdorda sotuvga chiqarilayotgan XBox One X Project Scorpio Edition​ yangi imkoniyat va funksiyalar bilan boyitilgan bo‘lib, 1 terabayt xotiraga ega. Microsoft​ vakillarining ta'kidlashicha, Scorpio turkumidagi o‘yin uskunasi kam sonda chiqariladigan maxsus brendga aylanib qoladi.

Hozircha ushbu gadjyetni Amazon, Best buy, GameStop, Microsoft, Target​ va Walmart saytlaridan buyurtma orqali sotib olish mumkin.

Mavzuga oid
Top