10:49 / 22.08.2017
23489

Konor Makgregor o‘zini Bryus Liga o‘xshatdi

UFC’ning yengil vazndagi chempioni Konor Makgregorning fikricha, boks bo‘yicha besh vazn toifasidagi sobiq chempion kichik Floyd Meyvezer unga o‘xshash bo‘lgan sparring sheriklarni topa olmayapti. Bu haqda The Maclife xabar berdi.

«Aralash usuldagi qaysi jangchi menga o‘xshash? U Bryus Lini tiriltirib kelishi lozim bo‘ladi. Faqatgina u Floydga mening ijroimda ko‘rishi mumkin bo‘lgan narsani ko‘rsatishi mumkin edi», - deya ma'lum qildi Makgregor.

Uning so‘zlariga ko‘ra, u MMA’ning boshqa jangchilari va bokschilarga o‘xshash emas.

Irlandiyalikning ta'kidlashicha, Meyvezer bilan jangda «o‘z ligasida» ekanini isbotlab beradi.

Avvalroq Meyvezer Makgregor jangda oyog‘i bilan zarba beradigan bo‘lsa, qancha mablag‘ni yo‘qotishini aytgandi.

Mavzuga oid
Top