12:47 / 22.08.2017
12010

«Tolibon» Trampning qarorini qoralab chiqdi

«Tolibon» radikal guruhi vakili AQSh prezidenti Donald Trampning Afg‘oniston hududida Amerika harbiy kontingenti saqlab qolinishi haqidagi bayonotini qoraladi, deb xabar bermoqda Reuters.

«Amerikaliklar Afg‘onistonda urushni davom ettirishning o‘rniga, Afg‘onistondan o‘z askarlarini olib chiqish haqida o‘ylab ko‘rishlari lozim edi», - degan toliblar vakili Zabihulloh Mujoxid.

Bayonot Tramp Afg‘oniston va Janubiy Osiyodagi vaziyat bo‘yicha rasmiy chiqish qilganidan bir necha soat o‘tib berildi.

Mujoxidning qo‘shimcha qilishicha, ular harbiy harakatlarni «mamlakatimizda amerikalik bir askar qolgunga qadar ham» davom ettirish niyatida.

Avvalroq Tramp Afg‘onistonga Amerikaning 4 ming askarini yuborish farmonini tasdiqlagandi. Shuningdek, u Hindiston Qo‘shma Shtatlarga Afg‘oniston bo‘yicha ko‘proq yordam berishi kerakligi haqida aytdi.

Top