18:59 / 22.08.2017
37914

Toshkentning yana 7 bozorida bankomatlar o‘rnatildi

Foto: Kun.uz

Toshkent shahrining yana 7 ta bozorida pulni naqdlashtirib beradigan bankomatlar o‘rnatildi. Bu haqda Uz24 sayti xabar tarqatdi.

Ayni vaqtda «Askiya» va Bo‘zbozorda («Ipoteka-bank»ga qarashli), «Aviasozlar», «Qoraqamish» va Sergeli dehqon bozorida (Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki), «Chilonzor» («Mikrokreditbank») va «O‘rikzor» savdo majmuasida («Ipak yuli bank») bittadan bankomat ishga tushirilgan.

Xabar qilinishicha, bankomatlarga har kuni o‘rtacha 30 mln so‘m pul qo‘yiladi. 

Avvalroq 14 avgust kunidan Toshkent shahridagi Oloy, Yunusobod va Qo‘yliq bozorlarida o‘rnatilgan bankomatlar faoliyat ko‘rsata boshlagani xabar qilingandi.

Top