14:40 / 22.08.2017
4501

Tramp Hindistonni Afg‘oniston muammosini hal etishda faol bo‘lishga chaqirdi

Foto:epa/vostock-photo

AQSh Afg‘oniston muammosini hal etish maqsadida Hindiston bilan aloqalarni faollashtirmoqchi. Bu haqda mamlakat prezidenti Donald Tramp Virjiniya shtatida xalq va armiyaga murojaatida ma'lum qildi.

«AQShning Janubiy Osiyodagi strategiyasining muhim qismi – dunyodagi eng yirik demokratiya va Qo‘shma Shtatlarning muhim iqtisodiy hamda mudofaa porti bo‘lgan Hindiston bilan strategik sheriklikni yanada rivojlantirishdir», - degan Tramp.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Hindiston «AQShning xavfsizlik sohasidagi muhim hamkoridir» va Vashington «bu mamlakatning Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish ishlaridagi hissasini munosib qadrlaydi».

Shu bilan birga u AQSh rasmiy Dehli Afg‘oniston muammosini hal etishda faolroq bo‘lishini, ayniqsa, iqtisodiy yordam sohasida faollikni oshirishini istashi haqida aytgan.

Mavzuga oid
Top