10:10 / 22.08.2017
8765

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi xodimlari Qozog‘istonda bo‘ldi

Foto: prokuratura.uz

Qozog‘iston Respublikasi Bosh prokuraturasining taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xodimlaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi xizmat tashrifi bilan Ostona shahrida (Qozog‘iston) bo‘ldi.

Tashrif davomida, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xodimlari YeXHTning Ostonadagi dasturlari Ofisi va AQShning Qozog‘iston Respublikasidagi elchixonasi ko‘magida o‘tkazilgan “Xalqaro aloqalar bilan bog‘liq bo‘lgan moliyaviy jinoyatlarni tergov qilish” mavzusidagi xalqaro seminar-treningda ishtirok etdilar.

Seminar-treningning maqsadi transmilliy moliyaviy jinoyatlarni tergov qilish va noqonuniy aktivlarni qaytarish, mintaqa davlatlarida to‘plangan tajribani o‘zaro almashish, yuqori darajadagi zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlash sohasida mutaxassislarning malakasini oshirish bo‘ldi.

Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Pokiston davlatlarining huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari ham besh kunlik trening tinglovchilari bo‘lishdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Oliy o‘quv kurslari va Qozog‘iston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Huquqni muhofaza qiluvchi organlar Akademiyasi o‘rtasida memorandumni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Memorandumda ta'lim, ilmiy-tadqiqot va innovatsion sohalardagi hamkorlikni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston delegatsiyasi Qozog‘iston Respublikasi prokuraturasi organlari tizimidagi islohotlarning borishi va natijalari bilan tanishdilar.

Mavzuga oid
Top