14:40 / 23.08.2017
5656

Afg‘oniston janubida portlash yuz berdi

Afg‘oniston janubidagi Hilmond viloyati ma'muriy markazi Lashkargohda portlash yuz berdi. Hodisa oqibatida kamida besh kishi halok bo‘ldi, yana 40 inson jarohat olgan. Bu haqda TOLO News xabar bermoqda.

Telekanal ma'lumotiga ko‘ra, portlash politsiya bo‘linmasi yaqinida yuz bergan.

Ta'kidlanishicha, jabrlanganlarning aksariyati – mahalliy aholi vakillari.

Hodisa uchun mas'uliyatni “Tolibon” radikal harakati jangarilari o‘z zimmasiga oldi.

Avvalroq Kobulning diplomatik tumanida raketa portlagani xabar berilgandi.

Top