15:35 / 23.08.2017
51447
Bosh vazirning yangi o‘rinbosari tayinlandi

Nodir Otajonov bosh vazirning yangi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda «Kun.uz» manbasi xabar berdi.

Otajonov hukumatda Ulug‘bek Ro‘ziqulov o‘rnini egalladi. Endi u Eksport salohiyatini va mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksining rahbari hisoblanadi.

Nodir Otajonov 1967 yili Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan.

Ma'lumoti - oliy. 1993 yilda Andijon qishloq xo‘jalik institutini tamomlagan, 1999 yilda – Namangan muhandislik-pedagogika institutini, 2000 yilda - O‘zbekiston Respublikasi Bank va Moliya akademiyasini bitirgan. Muhandis-mexanik, iqtisodchi, moliya magistri.

Oilali, ikki farzandi bor.

Nodir Otajonov bungacha «O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing» aksiyadorlik lizing kompaniyasini boshqargan, 1993 yildan 2007 yilgacha Moliya vazirligi tizimida ishlagan. 

Top