21:22 / 23.08.2017
6414

Erdo‘g‘an Pentagon rahbari bilan uchrashdi

Foto:aa.com.tr

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an turkiyalik va amerikalik amaldorlar hamrohligida AQSh mudofaa vaziri Jyeyms Mettis bilan uchrashdi. Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar bermoqda

Ta'kidlanishicha, tomonlar Suriya va Iroqning hududiy yaxlitligi saqlab qolinishi zarurligini va IShID terrorchilik guruhiga qarshi kurashni qo‘llab-quvvatlashlarini ta'kidlab o‘tishgan.

Axborot agentligi manbalarining aytishicha, Erdo‘g‘an Mettisga Turkiya AQSh kurdlarning “Xalq muddofaasi otryadlari”ni qo‘llab-quvvatlanayotganidan tashvishlanayotgani ma'lum qilgan.

Bundan avval Mettis Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy va Iroq Kurdistoni rahbari Mas'ud Barzoniy bilan uchrashgan.

Top