21:32 / 23.08.2017
41824

Olmazor tumanida “Rayhon”ning yangi filiali ochildi

Faoliyat boshlaganiga ko‘p fursat bo‘lmagan “Rayhon” milliy taomlar kafesi qisqa davrda ulkan marralarga erishib, poytaxtimiz aholisi va mehmonlarining eng sevimli taomlanish markaziga aylanib ulgurdi. Mazkur taomgoh ilk bor Shayxontohur tumani, Asadulla Xo‘jayev ko‘chasi, 2-uy manzilida ochilgan edi. Muvaffaqiyatli faoliyatdan so‘ng, birin-ketin ushbu tumanning Laylito‘g‘on, Zulfiyaxonim ko‘chalarida va Olmazor tumanining Beruniy ko‘chasida ham “Rayhon” filiallari ochildi va ko‘plab insonlar doimiy ish bilan ta'minlandi.

“Rayhon” milliy taomlar kafesi ma'muriyati O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 26 yillik bayramiga ham o‘ziga xos sovg‘a hozirladi. Xo‘randalar talab va istaklariga binoan milliy taomlar kafesining navbatdagi filiali Olmazor tumani, Abdulla Nabiyev ko‘chasida ochildi va ko‘plab yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Endi shinam taomgoh qidirishga hojat yo‘q: Sizda oilangiz, do‘stlaringiz yoxud yaqinlaringiz bilan eng quvonchli, unutilmas kunlarni xushxo‘r taomlarga boy ko‘rkam dasturxon atrofida nishonlash istagi bo‘lsa, Olmazor tumanida faoliyat boshlagan “Rayhon” milliy taomlar kafesiga tashrif buyurishingiz mumkin.

Milliy rux, sharqona joziba ufurib turgan shinam joy, qo‘li shirin, malakali oshpazlar tomonidan tayyorlangan milliy va turk taomlari, shirinliklar, betakror chanqoqbosar ichimliklar, oliy namunali xizmat – bularning barchasi “Rayhon” milliy taomlar kafesida mujassam! Qolaversa, joylarni avvaldan band etish va ta'bga munosib taomlarni buyurtma qilish imkoni ham mavjud. 

Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Abdulla Nabiyev ko‘chasi.

Mo‘ljal: Olmazor tumani IIB. 

“Rayhon” milliy taomlar kafesi manzillari:
1) Shayxontohur tumani, Asadulla Xo‘jayev ko‘chasi, 2-uy. Mo‘ljal: Qoratosh. 
2) Shayxontohur tumani, Laylito‘g‘on ko‘chasi, 266a-uy. Mo‘ljal: JAR. 
3) Shayxontoxur tumani, Zulfiyaxonim ko‘chasi,  244-uy. Mo‘ljal: Abay, Qozog‘iston elchixonasi (yangi). 
4) Olmazor tumani, Beruniy ko‘chasi, 92-uy. Mo‘ljal “Tinchlik” to‘yxonasi.

“Rayhon” – xushta'm milliy taomlar manziliga tashrif buyuring va yaqinlaringizga quvonch ulashing!

Reklama huquqi asosida

Top