10:40 / 23.08.2017
12074

Samarqand viloyatida 6 million dollar qiymatidagi transformatorlar ishga tushirildi

O‘zbekiston viloyatlarida 42 million dollar miqdoridagi elektrostansiyalar qurilmoqda. Mazkur mablag‘lar Jahon banki hisobidan ajratildi. Bu haqida «O‘zbekenergo» AJ vakillari 22 avgust kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida xabar berdi. 

«Loyiha doirasida katta kuchlanishdagi transformatorlar, o‘lchov asboblari foydalanishga topshiriladi. Birgina, Samarqand viloyati bo‘yicha 8ta avtotransformator o‘rnatilmoqda. Shundan uchtasi ishga tushirildi. Bu esa Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Sharq taronalari, anjumanlarning obektlari bilan bevosita bog‘liq. Uchta transformatorni ishga tushirish uchun 6 million dollar sarflandi. Buning uchun esa aholidan hech qanday soliq olinmadi, haq talab qilinmadi», - deya ta'kidladi «O‘zelektrtarmoq» UK bosh direktori Xoliq Elmurodov.

Mavzuga oid
Top