16:20 / 23.08.2017
5298

Sony suv o‘tkazmaydigan Xperia smartfonlarining reklamasidagi yolg‘on uchun pul to‘laydi

Sony kompaniyasi “suv o‘tkazmaydigan” smartfonlari namdan zarar ko‘rgan foydalanuvchilarga tovon puli to‘laydi. Bu haqda The Verge xabar bermoqda.

Sony kompaniyasining Xperia smartfonlari chang va namdan himoyaga ega bozordagi ilk qurilmalardan biri bo‘lgan. Ushbu smartfonlarning reklama roliklarida Xperia hattoki biroz suvga ham solib qo‘yilgan, bu suv o‘tkazmaslikni isbotlash maqsadida qilingan. Ma'lum bo‘lishicha, himoyaning aytilgan darajasi haqiqatga mos kelmagan, shu sababdan bir necha Xperia ishdan chiqqan.

Sony xaridorlardan jamoaviy da'vo arizasi kelib tushgach, ishdan chiqqan smartfon qiymatining 50 foizigacha qoplab berish yoki kafolat muddatini yana bir yilga uzaytirishga rozi bo‘ldi. Bu aksiya faqatgina Qo‘shma Shtatlarning M2 Aqua va M4 Aqua modellari, shuningdek, Z seriyadagi smartfonlarga ega fuqarolariga tegishli.

Avvalroq, Sony vinil plastinkalar ishlab chiqarishni qayta tiklamoqchi ekani xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top