19:49 / 23.08.2017
5893

Turkmanistonda dorilar muntazam qimmatlashayotgani sababli ularning narxlari ko‘rsatilmay qo‘ydi

Turkmanistonda dori-darmon narxlari hozircha faqat davlat dorixonalarida ko‘rsatilmoqda. Xususiy dorixonalarda bunday qilishdan voz kechildi, deb xabar bermoqda “Xronika Turkmenistana” nashri. 
     
Sotuvchilar buni narxlarni qimmatlashish tomonga tez-tez almashtirishga to‘g‘ri kelayotgani bilan tushuntirishmoqda. 2016 yilga nisbatan dori-darmonlar narxi 2 barobarga oshgan.

Bundan tashqari, oxirgi vaqtda dorixonalarda tomchilatib dori yuborishda qo‘llaniladigan fiziologik eritmalarni (fizrastvor) topish amrimahol bo‘lib qolgan. Ular xorijdan keltirilgan ingrediyentlardan Turkmanistonning o‘zida tayyorlangan. Biroq, ta'kidlanishicha, ayni vaqtda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligida bu ingrediyentlarni sotib olish uchun mablag‘ yetishmayapti.

Top