01:03 / 23.08.2017
28069

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Ukraina banki sabab yarim million dollarsiz qoldi

Ukrainaning «PrivatBank»i 2016 yilning dekabrida «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi (MAK)dan 500 ming dollar qarz olgan. Bu haqida O‘zbekistonning Ukrainadagi elchisi Alisher Abdualiyev Image.ua nashriga bergan intervyusida ma'lum qildi. 

Elchining so‘zlariga ko‘ra, 2014 yildan boshlab, shu kunga qadar beqaror iqtisodiy vaziyat natijasida Ukrainaning ko‘plab mayda banklari bankrotga uchrab, yopilmoqda. "Bankrotlik natijasida bizning aviakompaniyamiz Ukraina bankida 500 ming dollarini yo‘qotdi", - deya ta'kidladi Abdualiyev. 

Ikki mamlakat poytaxtlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri  aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish haqida gap borar ekan, elchi so‘nggi ikki yilda elchixona tomonidan faol ishlar olib borilayotgani, Toshkentda ikki marta ikki tomonlama uchrashuvlar tashkil qilingani, tomonlar aloqalarni qo‘llab-quvvatlab, parvozlarni tiklash borasidagi turli variantlar ko‘rib chiqilayotganini ta'kidladi. 

Eslatib o‘tamiz, Toshkent va Kiyev o‘rtasidagi aviaqatnovlar 2015 yilning may oyidan to‘xtatilgan. O‘sha yili MAK o‘zining Kiyevdagi vakolatxonasini yopgan. 

Mavzuga oid
Top