11:54 / 24.08.2017
6415

22 avgust kuni Toshkentda 6 ta YTH yuz berdi, 1 inson hayotdan ko‘z yumdi

2017 yilning 22 avgust kuni Toshkent shahri hududida 6 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan. Mazkur yo‘l-transport hodisalarida 6 nafar shaxs tan jarohati olgan, 1 nafar shaxs vafot etgan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

2017 yilning 22 avgust kuni YPX inspektorlari tomonidan jami 2696 ta huquqbuzarlik bo‘yicha ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, shulardan, 822 tasini qo‘pol turdagi, 29 tasini mast holda transport vositasini boshqarish tashkil etgan. 

Toshkent shahar IIBB YHXB kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan 2017 yil 22 avgust kuni jami 1010 ta huquqbuzarlik qayd etilgan bo‘lib, shulardan 561 tasini svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga bo‘ysunmasdan harakatlanish, 449 tasini belgilangan me'yordan yuqori tezlikda harakatlanish tashkil etadi.

Top