14:16 / 24.08.2017
21533

6/30 qoidasiga amal qilib, miriqib uxlang

Foto: Layfxaker

6/30 qoidasi ko‘p kuch talab qilmaydi, ammo sezilarli natija beradi. "Layfxaker" shu haqidagi maqolasi bilan bo‘lishdi.

 

6/30 qoidasi:

Uxlashga yotishdan 6 soat avval kofein iste'mol qilmang va 30 daqiqa oldin gadjyetlardan foydalanmang.

 

Kofein

Olimlar uyqu oldidan, shuningdek uxlashga yotishdan 3 va 6 soat avval kofein iste'moli inson organizmiga qanday ta'sir ko‘rsatishini o‘rganib chiqishdi. Tadqiqotlarga ko‘ra, minimal vaqt — olti soat. Biroq shuni ta'kidlash joizki, tetiklikning so‘nggi olti soatida kofein iste'mol qilmaganlarda ham uyquning buzilish holatlari kuzatilgan.

Kofein qahvada katta miqdorda bo‘ladi, albatta. Aynan qahva tetiklashtiruvchi ichimlik nomini olgan. Shuning uchun uni ertalabdan yoki kunduzi ichgan maqsadga muvofiq.

Darvoqe, choyda ham kichik kofein dozasi mavjud. Shu bois uyqu oldidan ko‘k va qora choy ichish tavsiya etilmaydi. Giyohli damlamalar esa rejimingizni buzmaydi.

 

Gadjyetlar

Smartfon, noutbuk yoki boshqa gadjyet ekranidan taralayotgan havorang chiroq organizmda uyqu gormoni - melatoninning ishlab chiqarilishini to‘xtatadi. Yorug‘lik organizmga uxlashga hali erta ekani to‘g‘risida signal yo‘llaydi.

Boz ustiga, uxlashga yotishdan avval dam olish kerak. Siz ijtimoiy tarmoqlarni ko‘zdan kechirib, xatlarga javob berib yoki televizor ko‘rib, miyangizni ortiqcha yuk bilan yuklaysiz. Qandaydir xabar xalaqit bermasligi uchun esa, telefonni parvoz rejimiga o‘tkazib qo‘ying.

Eng yaxshisi, texnologiyalardan uxlashga yotishdan bir soat avval "uzilish" kerak. Hech bo‘lmaganda uyqudan yarim soat avval gadjyetlarni o‘chirib qo‘ysangiz ham, organizm uyquga "sozlanadi".

Mavzuga oid
Top