11:50 / 24.08.2017
10269

Azar shu yozda «Real»ga o‘tmoqchi

«Chelsi» yarim himoyachisi Eden Azar Angliya chempionatini tark etmoqchi.

Don Balon nashri yozishicha, Belgiya terma jamoasi a'zosi bo‘lgan bu futbolchi yozgi transferlar yakuniga qadar «Real» safiga borib qo‘shilishni istamoqda. Qayd etilishicha, «qaymoqranglilar» jamoasi Kilian Mbappeni «Monako»dan transfer qila olmagach, Azar nomzodiga yuzlanishgan.

Manbada qayd etilishicha «Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan Azarni o‘z jamoasida ko‘rishni istamoqda.

Bundan avvalroq belgiyalik futbolchi bir necha marta Zidan jamoasida o‘ynashni istashi haqida aytib o‘tgandi.

Top