15:12 / 24.08.2017
8422

OAV: Istanbulda sud binosiga qurolli hujum yuz berdi

Foto: CNN Turk

Turkiyaning Istanbul shahridagi Adolat saroyi binosiga qurolli hujum uyushtirildi, deb xabar bermoqda CNN Turk.

Xabar qilinishicha, hujum oqibatida kamida bir kishi jarohat olgan.

Telekanal ma'lumotiga ko‘ra, hujum ro‘y bergan paytda sudda qotillik haqidagi ish ko‘rib chiqilayotgan bo‘lgan. 

Bu borada batafsil ma'lumotlar hozircha yo‘q.

Mavzuga oid
Top