17:52 / 24.08.2017
8733

OAV: Kiyevda hukumat binosi yonida portlash ro‘y berdi

Foto: hromadske.ua

Ukraina poytaxti Kiyev shahri poytaxtida portlash sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda «Gromadske» telekanali.

Telekanal muxbirining so‘zlariga ko‘ra, portlash hukumat binosi va «Dinamo» stadioni oralig‘ida ro‘y bergan.

Voqea joyiga Ukraina xavfsizlik xizmati, portlovchi moslamalar mutaxassislari, «tez yordam» yetib kelgan.

Bundan tashqari, Ukraina milliy politsiyasi raisi Sergey Knyazev ham tashrif buyurgan. Portlash holati aniqlanmoqda. Huquq-tartibot idoralari yo‘lning bir qismini yopib qo‘ygan. Portlash oqibatida 2 kishining jabrlangani haqida xabar qilinmoqda. Ayni vaqtda hodisa sabablari o‘rganilayapti.

24 avgust kuni Ukraina Mustaqillik kunini nishonlamoqda. Shu bilan birga, Amerika mudofaa vaziri Jyeyms Mettis ham tashrif bilan bo‘lib turibdi.

Top